Chempionatning ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher G‘aniyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz -60 kilogramm vazn toifasida Xalqaro sport kurashlari uyushmasi bayrog‘i ostida ishtirok etgan rossiyalik Dinislam Bammatov bilan kuch sinashdi.
Shiddatli kechgan bellashuvda Alisher G‘aniyev 8:4 hisobida g‘oliblikni tantana qildi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.