AsosiySport

O‘zbekiston FIFA reytingida ikki pog‘ona yuqoriladi

Yangi reytingda O‘zbekiston MTJ Saudiya Arabistonidan o‘tib ketdi

'O‘zbekiston FIFA reytingida ikki pog‘ona yuqoriladi'ning rasmi

FIFA yangi reytingni e’lon qildi, deya yozmoqda "zamon.uz".

Yangilangan reytingda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ikki pog‘ona yuqorilab, 58-o‘rinni egallagan va OFK mintaqasida Saudiya Arabistonidan o‘zib ketgan. Jadvalda kuchli beshlik o‘zgarmagan. Argentina yetakchi bo‘lsa, Fransiya va Ispaniya terma jamoalari keyingi pog‘onalarda bormoqda.

 O‘zbekiston OFKda 7-jamoa bo‘lib turibdi. Osiyo qit’asida Yaponiya (15) va Eron (19) peshqadamlik qilmoqda. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatiga saralashning 3-bosqichini ajoyib o‘tkazmoqda. Terma 4 o‘yinda 10 ochko to‘plab, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar sababli Erondan ortda qolmoqda. Noyabr oyida milliy jamoani Qatar va Shimoliy Koreyaga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.

    Boshqa yangiliklar