Filippinda 23 oktyabr kuni kuchli yomg‘ir yog‘ib, suv toshqiniga sabab bo‘ldi.
Yuzaga kelgan “Trami” to‘foni oqibatida 110 kishi halok bo‘ldi, yana 42 kishi bedarak yo‘qolgan.
OAV xabarlariga ko‘ra, Filippinda to‘fon 4,4 million aholiga ta’sir ko‘rsatgan, yuz minglab inson evakuatsiya markazlarida qolmoqda. Maktablarda darslar va hukumat muassasalari faoliyati to‘xtatilgan. Transport infratuzilmasiga zarar yetgan, qator reyslar bekor qilingan.
Hozirda o‘n mingga yaqin odam Filippindagi portlarda qolib ketgani aytilmoqda.