AsosiyJinoyat

Bir oyda 70,6 milliard so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

Ma'lum qilinishicha, nazorat tadbirlari davomida iste'molchilar tomonidan 31,8 million kilovatt-soat elektr energiyasi hamda 6,3 million kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

'Bir oyda 70,6 milliard so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi'ning rasmi

O'zbekistonda joriy yilning may oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog'liq 203 ta holat aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, nazorat tadbirlari davomida iste'molchilar tomonidan 31,8 million kilovatt-soat elektr energiyasi hamda 6,3 million kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra, mazkur qoidabuzarliklar oqibatida 51,1 milliard so'mlik elektr energiyasi va 19,5 milliard so'mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan. Jami zarar miqdori 70,6 milliard so'm etib qayta hisoblangan.

Shuningdek, energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq holatlar yuzasidan 507 ta ma'muriy ish rasmiylashtirilgan.

O'zenergoinspeksiya energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo'yicha nazorat tadbirlari davom ettirilayotganini ma'lum qildi.

    Boshqa yangiliklar