O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Endi yo‘l harakati koidalari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot jarima solish haqida karor chiqarishga vakolatli bo‘lgan shaxsga yo‘l harakati koidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan paytdan e’tiboran ikki kun, ya’ni qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi Kodeksga muvofiq tugatiladi.
Shuningdek, tez tibbiy yordam hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etilishi belgilanmoqda.