AsosiyDunyo

Moskvada qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

U bog‘da notanish qizga avval hujum qilib, telefonini tortib olgan. Shundan so‘ng, jabrlanuvchiga nisbatan jinsiy tajovuz qilgan.

'Moskvada qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi'ning rasmi

Moskvaning Tagansk tuman sudi istirohat bog‘ida qizga hujum qilib, zo‘rlashga uringanlikda ayblanayotgan Mansur Xaitovni hibsga oldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bergan.

Erkak 26 dekabrga qadar tergov hibsxonasida qoladi. Unga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 30-modda 3-qismi, 131-modda 1-qismi (“Zo‘rlashga urinish”), 132-moddaning 1-qismi (“Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakati”) va 2-qism “d” bandi, 161-moddasi ("Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘ravonlik qo‘llash yoki bunday zo‘ravonlik tahdidi bilan sodir etilgan talonchilik") bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  

Xabarga ko‘ra, Xaitov O‘zbekiston fuqarosi. U 25 oktyabr kuni kechqurun Moskvadagi bog‘da notanish qizga hujum qilib, uning qo‘lidan telefonini tortib olgan. Shundan so‘ng, jabrlanuvchiga nisbatan jinsiy tajovuz qilib, uni zo‘rlamoqchi bo‘lgan. U jinoyat joyida politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

    Boshqa yangiliklar