AsosiyJamiyat

Aliment to‘lovidan qochib yurgan ota Ohangaron tog‘laridagi chayladan topildi

Qarzdor shaxs MIBning Bo‘ka tumani bo‘limiga olib kelinib, davlat ijrochisiga topshirilgan.

'Aliment to‘lovidan qochib yurgan ota Ohangaron tog‘laridagi chayladan topildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Bo‘ka tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Meliyevdan, undiruvchi U.Meliyeva foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun jami 48.772,5 ming so‘m aliment mablag‘ini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganligi sababli bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qidiruvga berilgan.

Boshqarmaning qidiruv xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida aliment to‘lashdan qochib yurgan fuqaro Ohangaron tumanidagi tog‘lardagi cho‘ponlar chaylasidan topilgan. Tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, qarzdor shaxsni Byuroning Bo‘ka tumani bo‘limiga olib kelinib, davlat ijrochisiga topshirilgan.

Joriy yilning 28 oktyabrida unga nisbatan JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, boshqarma surishtiruvchilari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.