AsosiyJamiyat

O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 milliondan oshdi

Ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga ko‘paygan.

'O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 milliondan oshdi'ning rasmi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 37 355,4 ming kishini tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich, 2023 yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga ko‘paygan.

Shundan:

Ayollar soni – 18 545,9 ming kishi

Erkaklar soni – 18 809,5 ming kishi

Shahar joylarda – 19 047,1 ming kishi

Qishloq joylarda – 18 308,3 ming kishi

    Boshqa yangiliklar