AsosiyJamiyat

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz 13,5% darajasida qoldirdi

Ushbu qaror bugun Markaziy bank boshqaruvi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishida qabul qilindi.

'Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz 13,5% darajasida qoldirdi'ning rasmi

Markaziy bank boshqaruvi 2024 yil 31 oktyabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, inflyatsiya sentyabr oyida 10,5% ni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari hamda inflyatsiyaning joriy va prognoz darajasi o‘rtasidagi tafovut yuqoriligicha qolmoqda. Sentyabrda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining inflyatsion kutilmalari 13,3 foizni, tadbirkorlarning kutilmalari esa 12,6 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning so‘nggi choragida nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari ta’sirida inflyatsion jarayonlarning ma’lum darajada pasayishi hamda yil yakunida umumiy inflyatsiyaning
9,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Transchegaraviy pul o‘tkazmalarining o‘tgan yilga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi aholi daromadlarining oshishiga hissa qo‘shmoqda. Iqtisodiyotda o‘rtacha ish haqi va real daromadlarning o‘sib borishi iste’mol faolligini qo‘llab-quvvatlamoqda. Jumladan, xizmatlar va chakana savdo sohalaridagi yuqori o‘sish sur’atlari kuchli iste’mol talabi shakllanayotgani bilan izohlanadi.

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2024 yil 12 dekabrga belgilangan.


    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:50

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:40

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:32

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:05

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:56

    'O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 milliondan oshdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:56

    O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 milliondan oshdi

    Ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga ko‘paygan.