AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishini oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish zarur…

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar havosi ifloslanishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun tizimli ravishda deputatlik va jamoatchilik nazoratini olib boradi.

'Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishini oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish zarur…'ning rasmi

So‘nggi vaqtlarda Toshkent shahrida atmosfera havosining yomonlashib borayotgani barchani birdek xavotirga solmoqda. Jumladan, kuni kecha Havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha jahon reytingida poytaxtimiz yana dunyodagi havosi yomonlashgan shaharlar ro‘yxatida qayd etildi.

Tahlillarga ko‘ra, yirik shaharlarimizda atmosfera havosining yomonlashuvida eng ko‘p zararli tashlamalar turg‘un manbalar va transport vositalarining ulushi yuqori hisoblanadi. 

Shu o‘rinda aytish kerakki, iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga bo‘lgan talabi ortishi natijasida uglevodorodlardan, jumladan, ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanish hajmlarini o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. 

Bugungi kunda Toshkent shahri atrofida 1314 gektar maydonda 631 ta issiqxona faoliyat yuritayotgani, ularning 60 foizi ko‘mirdan, ba’zan esa rezina shinalar va boshqa yonuvchi vositalardan foydalanayotganini inobatga olsak, shahar havosining yomonlashuvida issiqxonalarning ham zarari katta, deyish mumkin. 

Shuningdek, havoning ifloslanishiga ko‘plab sanoat korxonalarida uskunalarning ma’nan eskirgani va aksariyat korxonalar zamonaviy filtrlar o‘rnatish ishlari yetarli darajada amalga oshirilmayotganligi sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi atmosfera havosi ifloslanishiga oid har qanday holatdan xavotirda ekanini bildiradi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan bu muammoga qarshi tezkor choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlaydi va belgilangan tartibda deputatlik so‘rovini kiritadi. 

Partiyamizning Saylovoldi dasturida sanoat korxonalari, transport vositalari, umuman, atmosfera havosini ifloslayotgan barcha manbalarni hisobga olgan holda, 2030 yilga qadar issiqxona gazlari emissiyasini 65 foizga qisqartirish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini 2 barobarga kamaytirish, jamoat transportini elektrobuslar hisobidan rivojlantirish maqsadini qo‘yganmiz.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar havosi ifloslanishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun tizimli ravishda deputatlik va jamoatchilik nazoratini olib boradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:06

    'Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidentiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:55

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidentiga hamdardlik bildirdi

    Ilhom Aliyev orqali halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yo‘lladi.

    'Hukumat Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:53

    Hukumat Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqladi

    U aholi ehtiyojlari, ekologik zonalar va madaniy merosni muhofaza qilishni hisobga olgan holda shaharni rivojlantirishni nazarda tutadi.

    'Toshkentdan viloyatlarga ketish uchun poyezd chiptalari qolmadimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:57

    Toshkentdan viloyatlarga ketish uchun poyezd chiptalari qolmadimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga rasmiylar oydinlik kiritdi.

    'Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:08

    '2025 yil uchun Davlat budjeti tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 25.12.2024 22:19

    2025 yil uchun Davlat budjeti tasdiqlandi

    Bu haqdagi Qonun qabul qilindi