AsosiyJamiyat

Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Qaror bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

'Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

Qaror (PQ-380-son, 04.11.2024 y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

  • xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun undiriladigan davlat boji summasini qayta taqsimlash;
  • xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish;
  • voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganda uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirish.

    Boshqa yangiliklar