“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar Ispaniya chempionati doirasida ketma-ket 7 o`yinda gol ura olmadi.
“Real”ga qarshi (1:1) La Liga 14-turida u maydonga tushdi, ammo o`z hisobiga gol yozdira olmadi. Bu braziliyalik futbolchi uchun shaxsiy antirekord sanaladi.
Joriy mavsumda 24 yoshli hujumchi Ispaniya chempionatining 12 o`yinida maydonga tushib, 6 ta gol va 6 ta golli pasga mualliflik qildi.