“O‘zgidromet” 7 noyabr, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Ob-havo Toshkent shahrida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Qoraqalpog‘iston Respublikasida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha, ba’zida 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Xorazm viloyatida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Buxoro va Navoiy viloyatlarida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha, ba’zida 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Qashqadaryo viloyatida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Surxondaryo viloyatida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Ob-havo tog‘oldi va tog‘li hududlarda:
Ob-havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.