AsosiyJamiyat

Xorazmdagi bozorlardan biri yonib ketdi

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

'Xorazmdagi bozorlardan biri yonib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmdagi bozorlardan birida yong‘ib ketgani aks etgan video tarqaldi.

FVV Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, yong‘in bugun, 7-noyabr kuni soat 12:53 da Xorazm viloyati, Urganch tumani, “Shermatlar” MFY, Gurlan ko‘chasida joylashgan kiyim-kechak savdo do‘konlarida sodir bo‘lgan.

Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:59 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:20 da o‘rab olingan va soat 13:50 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar