Tramp AQSH Davlat kotibi lavozimiga senatorlar Marko Rubio va Bill Xagerti, shuningdek, sobiq milliy razvedka direktori vazifasini bajaruvchi Richard Grenell nomzodlar sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Politico yozmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, bu haqdaTrampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Robert O‘Brayen konservatorlar bilan tushlik paytida gapirgan.
Izohlanishicha, Grenell saltavval Tramp va Zelenskiyning uchrashuvida ishtirok etgan edi. U Ukrainadagi urushni front chizig‘ini muzlatish va Ukrainaning NATOga qabul qilinishini to‘xtatish orqali yakunlash tarafdori sifatida tanilgan.
Xagerti esa Ukrainaga yordam berish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi ovoz bergan.