AsosiyJamiyat

Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim ushlandi

Ikki shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Farg‘onada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim ushlandi'ning rasmi

Davlat organlarida korrupsion holatlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar qildi.

Xususan, “Farg‘ona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i viloyatdagi tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi 2024 yil 9 oylik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun kelgusida ishdan bo‘shatilmasligi evaziga, undan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga AJning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i ham aloqador ekanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur ikki shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Toshshahartransxizmat"AJ Boshqaruvi raisi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 17:23

    "Toshshahartransxizmat"AJ Boshqaruvi raisi o‘zgardi

    Sanjar Sattarov rais vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 16:23

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi.

    'O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini beradigan karta joriy qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 13:50

    O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini beradigan karta joriy qilinadi

    Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.

    '1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 09:31

    1 yanvardan kam ta’minlangan oila bolalarini mehribonlik uylariga qabul qilish bekor qilinadi

    1 fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar va homilador ayollar uchun “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

    '“Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 09:23

    “Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”

    Yunusobod tumanidagi 1-sonli bolalar klinik shifoxonasida yuzaga kelgan holatga munosabat bildirildi.

    'Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2024 08:05

    Bugun O‘zbekistonda harorat biroz ko‘tariladi

    Yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin.