AsosiyJamiyat

Toshkentda "garmoshka" avtobus YTHga uchradi

Yo‘lovchi tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

'Toshkentda "garmoshka" avtobus YTHga uchradi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yo‘lovchi avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH aks etgan video tarqaldi.

"Toshshahartransxizmat" AJ Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, holat 11 noyabr kuni soat 06:00 larda, "18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "King Long" rusumli, davlat raqami 01| 392 MKA bo‘lgan, 121-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi G‘.M tomonidan sodir etilgan.

Avtobus, Uchtepa tumani, THAY ko‘chasi, Beltepa mazvesi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtda haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida, yo‘l chetidagi ko‘chatlar sotiladigan joyga kirib ketishi natijasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida 1 nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. "King Long" rusumli avtobus texnik shikastlangan.

Yo‘l-transport hodisasi avtobus haydovchisi G‘.M aybi bilan sodir etilgani sababli, hodisa natijasida davlat raqami 01 | 392 MKA bo‘lgan “King Long” rusumli avtobusga yetkazilgan moddiy zarar haydovchi tomonidan qoplanadi.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar