AsosiyJamiyat

“Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”

Yunusobod tumanidagi 1-sonli bolalar klinik shifoxonasida yuzaga kelgan holatga munosabat bildirildi.

'“Mavsumiy kasalliklardan murojaatlar soni oshgan”'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 1-sonli bolalar klinik shifoxonasiga murojaatlar soni ko‘pligi aks etgan videolavhalar tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha SSV quyidagilarni ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi 425 o‘ringa ega bo‘lib, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qator yo‘nalishlar bo‘yicha tunu kun malakali shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Muassasa barcha zarur tibbiy texnika va jihozlar hamda dori-darmonlar bilan ta’minlangan. 138 nafar shifokor, 401 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda. 

Shifoxonaning qabul bo‘limiga kuniga o‘rtacha 450-500 nafar bemor murojaat qiladi. Ulardan yotib davolanishga muhtoj bo‘lganlari shifoxona bo‘limlariga gospitalizatsiya qilinadi.

  Ma’lumki, kuz-qish davrida yurtimiz bo‘ylab mavsumiy kasalliklar keng tarqalishi kuzatiladi. Shu sababli hozirgi kunda muassasaga murojaatlar soni sezilarli darajada ko‘paygan. 

Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, shifoxona bo‘limlarida qo‘shimcha 55 o‘rin tashkil etilgan, 40 o‘rinli ko‘z mikrojarrohligi bo‘limining epidemik mavsum barqarorlashgunga qadar o‘tkir respirator kasalliklarni qabul qilish uchun profili o‘zgartirildi. 

Shuningdek, ambulator murojaat qilgan va shifoxonadan 2-bosqich davolanishga chiqarilgan bemorlar bo‘yicha oilaviy poliklinikalar bilan hamkorlikda ishlanmoqda. O‘z navbatida, bemorlar soni ortgani inobatga olinib, shifokorlarning mazkur kasalliklar bo‘yicha murojaatlar bilan ko‘proq ishlashi choralari ko‘rilyapti. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekistonda bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:53

    Oʻzbekistonda bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Oilaviy kodeksga tegishli o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

    'O‘zbekiston armiyasi jang sharotitiga to‘liq mos bo‘lishi shart — Prezident'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:42

    O‘zbekiston armiyasi jang sharotitiga to‘liq mos bo‘lishi shart — Prezident

    Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida milliy armiyani zamonaviy tahdidlarga tayyorlash, uni yuqori texnologiyali va tezkor kuchga aylantirish dolzarb vazifa ekanini ta’kidladi.

    'Тайланддаги аварияда 2 нафар ўзбекистонлик жарoҳатланди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:25

    Тайланддаги аварияда 2 нафар ўзбекистонлик жарoҳатланди

    Таиланднинг Пхукет оролида ичида 3 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳам бўлган картер ҳалокатга учради.

    'Jizzaxda maktab o‘quvchisi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:57

    Jizzaxda maktab o‘quvchisi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

    Ҳодиса ҳайдовчининг йўл ҳаракати қоидаларини бузиши оқибатида содир бўлган.

    'Medvedev: Tramp shoshilishi kerak, Grenlandiya Rossiyaga qo‘shilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:16

    Medvedev: Tramp shoshilishi kerak, Grenlandiya Rossiyaga qo‘shilishi mumkin

    Dmitriy Medvedev AQSh Prezidenti Donald Trumpni Grenlandiya masalasida shoshilishga chaqirdi va orol aholisi Rossiyaga qoʻshilishi mumkinligini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:25