AQSH Adliya vazirligi Donald Trampga nisbatan saylovga aralashish va maxfiy hujjatlarni saqlash bo‘yicha jinoiy ishlar to‘xtatilganini e’lon qildi. Bu haqda xorij OAVga asoslanib "zamon.uz" yozmoqda.
Maxsus prokuror Jek Smit suddan AQSHning g‘alaba qozongan prezidenti Donald Trampga qarshi ishni tugatishni so‘radi. Bu haqida uning o‘zi 25 noyabr, dushanba kuni ma’lum qilgan.
Sudya Tanya Chutkan nomiga bergan bayonotida Smit AQSH Konstitutsiyasi sudlanuvchining inauguratsiyasidan oldin ishni tugatishni talab qilishini tushuntirdi. O‘sha kuniyoq Chutkan ishni rasman to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, saylov kampaniyasi vaqtida Donald Tramp Oq uyga qaytishi bilanoq Jek Smitni ishdan bo‘shatishini aytgandi.