AsosiyJamiyat

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi

Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi.

'Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi'ning rasmi

“Madaniyat va san’at, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-400-son, 22.11.2024) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi quyidagi miqdorlarda oshiriladi:

  • 2025 yil 1 yanvardan boshlab – 20 foizga;
  • 2025 yil 1 iyuldan boshlab – yana 15 foizga oshiriladi.

Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimi joriy qilinadi.

    Boshqa yangiliklar