AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada muxolifat prezidentga impichment e’lon qilishga chaqirmoqda

Fuqarolik tashkilotlari Janubiy Koreya hukumatining iste’fosini talab qilmoqda.

'Janubiy Koreyada muxolifat prezidentga impichment e’lon qilishga chaqirmoqda'ning rasmi

Janubiy Koreyadagi eng yirik muxolif kuch – "Toburo" demokratik partiyasi 4 dekabr kuni mamlakatda harbiy holat joriy etilishi va bekor qilinishi bilan bog‘liq vaziyat fonida mamlakat prezidenti Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Partiya davlat rahbariga, mudofaa va ichki ishlar vazirlariga, shuningdek, "harbiy holat qo‘mondoni va politsiya boshlig‘i kabi asosiy harbiy va politsiya zobitlariga" qarshi fitna ayblovlarini qo‘yishini qo‘shimcha qildi, – deyiladi AFP xabarida.

Ayni paytda Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati a’zolari ommaviy ravishda iste’foga chiqish istagini bildirishdi. Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi aniqlik kiritishicha, bunday murojaatlar, jumladan, Yunning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Shin Von Sik, shuningdek, prezident ma’muriyati rahbari Jung Jin Suk tomonidan yozilgan.

Janubiy Koreya hukumati iste’foga chiqishga chaqirildi

Shu kuni, 4 dekabrda qator jamoat tashkilotlari vakillari Seuldagi Kvanxvamun maydoniga yig‘ilib, prezident tomonidan harbiy holat joriy etilganini qoraladi va hukumat iste’fosini talab qildi. Politsiya namoyishchilar sonini 400 kishi atrofida baholamoqda.

Koreya kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, "Demokratiya uchun xalq birdamligi" va boshqa jamoat tashkilotlari a’zolari matbuot anjumani o‘tkazib, Yunning bir kun avval harbiy holat e’lon qilgani konstitutsiyaga zid, noqonuniy va haqiqiy emasligini ta’kidladi, deb yozadi Yonhap.

"Prezident Yun Sok Yeol harbiylarni Milliy majlisni talon-toroj qilish uchun safarbar qildi, qonun chiqaruvchilarning parlament eshituvlariga kirishiga va ularni o‘tkazishiga to‘sqinlik qilishga urindi hamda harbiy holat e’lon qilish va odamlarning siyosiy faoliyat huquqi kabi asosiy huquqlarini buzish orqali konstitutsiyaviy vayronagarchilikka yo‘l qo‘ydi", — deya jamoat tashkilotlaridan biri vakilining so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

O‘z navbatida, Candlelight Action fuqarolik guruhi alohida matbuot anjumani o‘tkazib, Yunga zudlik bilan impichment e’lon qilish va uni hibsga olishga chaqirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 19:35

    'Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 17:09

    Isroillik olimlar qarishni sekinlashtiruvchi immun hujayrasini topdi

    Tadqiqotchilar organizmda qarigan hujayralarni aniklab, yo‘q qilishga yordam beradigan CD4-Eomes Hujayrasini kashf qildi.

    'Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 14:31

    Zelenskiy AQSh bilan yangi tinchlik rejasi ustida ishlashga rozi boʻldi

    Ukraina prezidenti V. Zelenskiy AQSh armiyasi vakili bilan uchrashuvda urushni yakunlash bo‘yicha rejani tezroq imzolashga kelishib oldi.

    'Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 10:35

    Kim Chen In Kangvondagi yangi GESni ishga tushirdi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Kanvon provinsiyasida barpo etilgan "Armiya va xalq" nomli yangi gidroelektr stansiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

    'Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi'ning rasmi

    Dunyo 21.11.2025 09:33

    Trump "qora shahzoda"dan yana 1,5 trln dollar soʻradi

    AQSh prezidenti Saudiya investitsiyalarini keskin oshirish taklifini bildirdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30