Janubiy Koreya sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Hyun Seulning sharqiy qismidagi tergov izolatorida o‘z joniga qasd qilishga urindi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
Hozirda sobiq mudofaa vazirining sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q.
Kecha taxminan soat 23:52 da (10 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:52 da) navbatchi xodim order berilishidan oldingi kutish xonasining hojatxonasida u (Kim Yong Hyun) o‘z joniga qasd qilishga urinayotganini aniqladi, dedi Koreya Adliya vazirligi penitensiar xizmati rahbari Sin Yon Xe.
Uning ta’kidlashicha, xodimlar zudlik bilan aralashib, eshikni ochgan va sobiq vazir o‘z joniga qasd qilishga urinishni to‘xtatgan. Ayni paytda u qo‘riqlash ostida, salomatligiga xavf yo‘q.
Janubiy Koreya sobiq mudofaa vazirining hibsga olinishi