AsosiyJamiyat

Ozarbayjonlik ishbilarmon Chorvoqda xalqaro turizm markazini barpo etmoqchi

Davlatimiz rahbari bu taklifni ma’qulladi.

'Ozarbayjonlik ishbilarmon Chorvoqda xalqaro turizm markazini barpo etmoqchi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida qurilishi mo‘ljallangan xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanishdi.

Davlatimiz e’tibori bilan so‘nggi yillarda Bo‘stonliqda ko‘plab yangi majmualar barpo etildi, Amirsoy, “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” kurorti kabi loyihalar amalga oshirildi. Xususan, so‘nggi besh yilda 2 trillion so‘mdan ziyod investitsiya kiritilib, 13 mingdan ziyod o‘ringa ega 59 ta yangi turizm inshooti ishga tushirildi.

Bunday natijalar chet ellik investorlarni o‘ziga tortmoqda, yanada katta miqyosdagi loyihalarga yo‘l ochmoqda. Jumladan, ozarbayjonlik ishbilarmon Emin Agalarov bir qator yirik xorijiy kompaniyalar bilan sheriklikda Chorvoq suv ombori bo‘yida “Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazi barpo etish istagini bildirmoqda.

Loyihaga ko‘ra, unda dam olish, cho‘milish va sport maskanlari, mehmonxonalar, kottejlar, turar joylar bo‘ladi. Xalqaro brendlarning do‘konlari, restoran va xizmat shoxobchalari ochiladi. Turli festivallar, konsertlar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkaziladi. Ikki qirg‘oq o‘rtasida ko‘prik qurilib, keluvchilarga qulaylik oshiriladi. Kelajakda o‘ziga xos turizm xabiga aylanib, unda yil davomida dam olish va yashash mumkin bo‘ladi.

Davlatimiz rahbari bu taklifni ma’qullab, uni xalqaro tajriba asosida loyihalashtirish va bosqichma-bosqich qurish zarurligini ta’kidladi. Bosh vazir boshchiligida komissiya tuzib, loyihaning huquqiy asosini yaratish, infratuzilma masalalarini hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Pensiya jamg‘armasiga yangi direktor tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat 16.12.2024 21:34

    Pensiya jamg‘armasiga yangi direktor tayinlandi

    Iqtisodiyot va moliya vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

    'Kredit tarixini shakllantirishda soliq, elektr, gaz kabi boshqa to‘lovlar ham inobatga olinadi'ning rasmi

    Jamiyat 16.12.2024 20:09

    Kredit tarixini shakllantirishda soliq, elektr, gaz kabi boshqa to‘lovlar ham inobatga olinadi

    Tarixi “o‘rta” baholanganlarga yangi kredit olishda talablar kuchaytiriladi.

    'Toshkentda temir yo‘lda tiqilib qolgan “Damas”ni poyezd urib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 16.12.2024 09:18

    Toshkentda temir yo‘lda tiqilib qolgan “Damas”ni poyezd urib ketdi

    Odamlar mashinani chiqarib olishga harakat qilgan, ammo ulgurmagan.

    'Bugun ham O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat 16.12.2024 07:29

    Bugun ham O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘adi

    Respublikada harorat -10 darajagacha sovuq bo‘ladi.

    'Koreyaga ishlashga ketgan fuqaroning kafilidan 70 million so‘m undirildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.12.2024 18:42

    Koreyaga ishlashga ketgan fuqaroning kafilidan 70 million so‘m undirildi

    Joriy yilning o‘tgan davrida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan qariyb 80 nafar hamyurtimizning kafillari tomonidan davlatga 2 mlrd 35 million so‘m jarima undirilgan.

    'O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida qo‘shimcha lavozim joriy qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 13.12.2024 22:14