Unda Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbar-xodimlari, yetakchi olimlar, san’atshunoslar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimovlar so‘zga chiqdi.
Tadbir avvalida mas’ullar “Ma’rifat karvoni” tadbirlarining samarasi, maqsadi va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tishdi. Joylarda o‘tgan tarbirlarda mamlakat ziyolilarini bir g‘oya ostida birlashgani, jamiyat taraqqiyoti, rivoji yo‘lida ularni bir yerga jamlangani alohida e’tirof etildi. Ushbu an’ana jadid bobolarimizdan merosligi, bu esa, aslida, Uchinchi Renessansning poydevori ekanligi ta’kidlandi. “Ma’rifat karvoni” tadbirlari kelgusi yildan boshlab yiliga to‘rt marotaba o‘tkazilishi taklifi berildi.
Ma’lumot o‘rnida “Ma’rifat karvoni” tadbirlarini tashkil etish uchun Respublikadan ishtirok etuvchi olimlar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlardan iborat jami 68 nafarni tashkil etgan respublika targ‘ibot guruhi a’zolari shakllantirildi. Mazkur tadbirlarga 14 ta hududdan 80 mingga yaqin ishtirokchi qamrab olindi. Anjuman so‘ngida ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan bir guruh olimlar, taqdirlandi.
Bundan tashqari tadbir davomida Islom sivilizatsiyasi markazining mega-loyihasi bo‘yicha videorolik namoyish etildi. Unda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar: muhim xalqaro aloqalar, topilma va kashfiyotlar, yirik xalqaro tadbirlar kabi voqeliklar aks etgan.