Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida yoshlar bilan uchrashdi.
Prezident yordamchisining qayd etishicha, bu yoshlar 2023/24-o‘quv yilida nufuzli olimpiadalarda ajoyib natijalar qayd etib, 15 ta oltin, 36 ta kumush va 77 ta bronza – jami 128ta medalni qo‘lga kiritishgan.
Ularning ko‘pchiligi asosan kimyo, matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha ustunlik qilib, e’tirofga sazovor bo‘lishdi.
“Bu O‘zbekiston tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘lib, bundan barchamiz cheksiz faxrlanamiz”, deb yozadi u o‘z sahifasida.