AsosiyJamiyat

Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti

Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

'Eng olis, eng chekka hududlar aholisiga yordam ko‘rsatilyapti'ning rasmi

Qish mavsumini ko‘ngildagidek o‘tkazish, bu borada Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar, aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish maqsadida Orolbo‘yida ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi ishchi guruh vakillari, sektorlar rahbarlari eng olis, chekka hududlarda bo‘lib, odamlar bilan muloqot olib boryapti.

Nukus shahridan yuz kilometr olisdagi Qo‘ng‘irot tumanining “Qo‘ng‘irot”, “Qoratol” ovullarida aholi, “mahalla yettiligi” bilan muloqotlar asnosida kichik tadbirkorlik subyektlari vakillarini o‘ylantirayotgan masalalar o‘rganilib, joyida yechim topib berildi. Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Nukusdan uch yuz kilometr uzoqda joylashgan Ellikqal’a tumani “Chuqurqoq” ovuli aholisi bilan muloqotlarda avvalgi sayyor qabullardagi murojaatlar bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ham o‘rganildi.

Shu kuni aholi uchun arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilinib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi, ularga kishki kiyim-boshlar, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Nukus shahridan yetmish kilometr olisdagi Qorao‘zak tumani “Qutli makon” mahallasida tashkil qilingan navbatdagi sayyor qabulda asosan tabiiy gaz, elektr energiyasi, sog‘liqni saqlash, soliq imtiyozlari bo‘yicha qator murojaatlar ko‘rib chiqilib, ularning aksariyati joyida hal qilindi. Shuningdek, chekka-olis ovullarda uyma-uy yurilib, og‘ir sharoitdagi oilalar, bemorlar, yolg‘iz keksalar holidan xabar olindi.

Prezident Xalq qabulxonalari va sektorlar hamkorligidagi bu kabi amaliy ishlar, aholi bilan muloqotlar, sayyor qabullar Orolbo‘yining qolgan hududlarida ham tashkil qilinyapti.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Endi sud tizimiga aralashish, sudyalarga bosim o‘tkazish va faoliyatiga aralashganlik uchun qonun bo‘yicha keskin chora ko‘riladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:38

    '2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:27

    2026 yilda issiq suv va issiqlik ta'minoti tariflari oshiriladi

    Issiq suv va issiqlik tariflarining oshirilishiga tabiiy gaz, elektr energiya, suv — uchta asosiy resurs narxlarining oshishi sabab bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

    'Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:19

    Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

    Tayinlov Prezident administratsiyasi rahbarining buyrug‘i bilan amalga oshirildi.

    'O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:15

    O'zbekistonda kontrafakt "Smekta" ishlab chiqaruvchisi jarimaga tortildi

    Kompaniya frantsuz kompaniyasining brendini eslatuvchi belgidan noqonuniy foydalangan.

    'Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:29

    Jizzaxda IIB xodimi YTHdan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan usbu holat yuzasidan hali rasmiy izoh berilmadi.

    'O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    O‘zbekistonda transplantatsiya tartibi rasman belgilab qo‘yildi

    Yangi nizom retsipient va donorlarni tekshirish, xulosa berish hamda transplantatsiya jarayonini amalga oshirish qoidalarini aniq belgilaydi.