O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugidagi Mordoviya jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan voyaga yetmagan o‘zbek bolalarini Vatanga qaytarish jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan olib borilgan maqsadli muzokaralar samarasi o‘laroq, o‘zbekistonlik bolalarni Mordoviyadagi jazoni ijro etish muassasasi hududida joylashgan Bolalar uyidan olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Voyaga yetmagan yurtdoshlarimiz diplomatlar, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va mamlakatimiz tibbiyot xodimlari hamrohligida qabul qilib olindi.
Ta’kidlash kerakki, Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan Bolalar uyidan o‘zbekistonlik yosh bolalarni repatriatsiya qilish tadbiri amaliyotda birinchi marta amalga oshirildi.