AsosiyDunyo

“Mamlakat Bashar Asad rafiqasini qabul qilishga tayyor emas”

Britaniya tashqi ishlar vazirligi Asma Asadni qabul qilmasligini ma’lum qildi.

'“Mamlakat Bashar Asad rafiqasini qabul qilishga tayyor emas”'ning rasmi

Buyuk Britaniya Bashar Asadning rafiqasi mamlakatga qaytishni istasa, uni qabul qilishga tayyor emas. Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ayrim turk va arab OAVlari Asma Asad 24 yillik turmushidan keyin ajrashish uchun ariza bergani va o‘zi tug‘ilib o‘sgan Buyuk Britaniyada – Londonda yangi hayot boshlashni xohlayotganini yozgan edi.

Asma, o‘z navbatida, Suriya va Britaniya fuqaroligiga ega. Biroq, shunga qaramay, Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lammi Damashq qulaganidan keyin Asma Asad haqida "Buyuk Britaniyada sevilmagan odam" deya ta’riflagan.

"Men so‘nggi kunlarda Britaniya fuqarosi bo‘lgan Asma Asadning mamlakatimizga kirishga harakat qilishi mumkinligi haqida eshityapman. Lekin, ta’kidlab aytmoqchimanki, u sanksiyalar ostida va qirollikda yoqimli odam emas", – degan Devid Lammi.

Bir muddat ikki fuqaroligi bo‘lgan Asmani Britaniya fuqaroligidan mahrum qilish masalasi ham o‘rtaga chiqdi. Biroq Britaniya Bosh vaziri Key Starmer Asad rejimi qulaganidan ko‘p o‘tmay, Asmaning Britaniya fuqaroligidan mahrum etilishi haqida gapirishga hali erta ekanligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki hafta muqaddam muxolifat kuchlari poytaxt Damashqqa kirib, Bashar Asad rejimini qulatgan edi. Shundan so‘ng Asad oilasi Rossiyaga qochib o‘tgandi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, hozirda Bashar Asadga Moskvadan chiqib ketish taqiqlangan. Biroq Asadning rafiqasi ajrashish uchun Moskva sudiga ariza bergan va mamlakatdan chiqib ketish uchun "maxsus ruxsat" so‘ragan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha esa Asadning harakatlariga cheklovlar va uning rafiqasi undan ajralish rejalari haqidagi ma’lumotlar "haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi". 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Moskvada jurnalistni zo‘rlagan o‘zbeklarga hukm o‘qildi'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2024 22:46

    Moskvada jurnalistni zo‘rlagan o‘zbeklarga hukm o‘qildi

    Aniqlanishicha, uch nafar sudlanuvchi 22 va 25 yoshda bo‘lib, jinoyat sodir etayotganda mast holda bo‘lgan.

    'Qozog‘istondagi aviahalokatda 38 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2024 21:29

    Qozog‘istondagi aviahalokatda 38 kishi halok bo‘ldi

    Samolyot bortida jami 67 kishi bo‘lgan.

    'Ilhom Aliyev Qozog‘istondagi halokat sabab Bokuga qaytadi'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2024 14:00

    'Pokiston Afg‘onistonga havo hujumi uyushtirdi'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2024 13:49

    Pokiston Afg‘onistonga havo hujumi uyushtirdi

    Vayronalar ostidan 15 kishi, jumladan, ayollar va bolalar jasadi olib chiqildi.

    '2025 yilda Rossiyada migrantlar uchun “patent” narxi qancha bo‘ladi?'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2024 13:10

    2025 yilda Rossiyada migrantlar uchun “patent” narxi qancha bo‘ladi?

    Mehnat muhojirlari uchun “patent”ning narxi Rossiya Federatsiyasining turli mintaqalarida farq qiladi.

    'Qozog‘istonda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo 25.12.2024 12:43

    Qozog‘istonda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi

    Bortda 67 nafar yo‘lovchi va besh ekipaj a’zosi bo‘lgani aytilmoqda.