AsosiyJamiyat

Yangi yil bayrami kunlari "svet"ni o‘chirmaslik choralari ko‘rildi

Agar siz bayram kunlari elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha qandaydir muammoga duch kelsangiz 1154 qisqa raqamiga va @het_admin administratorga murojaat qilishingiz mumkin.

'Yangi yil bayrami kunlari "svet"ni o‘chirmaslik choralari ko‘rildi'ning rasmi

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Asrorjon Asqarov yangi yil va bayram kunlari – 2024 yil 30 dekabrdan 2025 yil 3 yanvargacha iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga bag‘ishlangan elektr tarmoqlari shtabining yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda Jamiyat Matbuot xizmati xabar qildi. 

Tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda 1395 ta maxsus avariya brigadalari (6466 kishi va 1334 ta texnika) tunu kun faoliyat yuritishi belgilangan.

Zarur bo‘lganda, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 100dan ortiq umumiy quvvati 90.000 kVA bo‘lgan ko‘chma zaxira quvvat manbalari (dizel elektr stansiyalari) shay holatga keltirilgan.

Shu bilan bir qatorda, 30 dekabrdan 3 yanvarga qadar barcha energetika obyektlarida “texnologik osoyishtalik” ya’ni, elektr qurilmalarida rejali ta’minlash ishlari amalga oshirilmaslik rejimi joriy etilmoqda.   

"Agar siz bayram kunlari elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha qandaydir muammoga duch kelsangiz, elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan 1154 qisqa raqamiga, shuningdek, Telegram’dagi @het_admin administratorga murojaat qilishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz", - deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump: “Nobel berilmaganidan keyin faqat tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:17

    Trump: “Nobel berilmaganidan keyin faqat tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman”

    AQSh prezidenti Donald Tramp Norvegiya bosh vaziriga yo‘llagan maqtubida Nobel tinchlik mukofotini olmagani sabab o‘z pozitsiyasini qat’iylashtirganini aytdi hamda Grenlandiya masalasini yana ko‘tardi.

    'Chilidagi o'rmon yong'inlari qurbonlari soni 18 nafarga etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:03

    Chilidagi o'rmon yong'inlari qurbonlari soni 18 nafarga etdi

    Chilining janubiy hududlarida davom etayotgan keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, qariyb 20 ming nafar aholi evakuatsiya qilindi.

    '"Suveren O'zbekistoni qabul qilib bo'lmaydi" degan da'vo nimaga xizmat qiladi?'ning rasmi

    Jamiyat 18.01.2026 19:52

    "Suveren O'zbekistoni qabul qilib bo'lmaydi" degan da'vo nimaga xizmat qiladi?

    Россияда "рус дунёси" мафкурасининг асосий назариячилари қаторида тилга олинадиган Александр Дугин яна собиқ СССР ҳудудида ташкил топган давлатлар суверенитетини очиқ инкор этувчи баёнот билан чиқди.

    'Navoiyda 1000 dollar evaziga IOOga ishga kiritib, “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 18.01.2026 15:46

    Navoiyda 1000 dollar evaziga IOOga ishga kiritib, “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi.

    Gumonlanuvchi pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

    '"Qarshi neft bazasi" rahbari ishdan olindi'ning rasmi

    Jamiyat 18.01.2026 10:04

    "Qarshi neft bazasi" rahbari ishdan olindi

    Ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun “Qarshi neft bazasi” rahbari lavozimidan ozod etildi.

    'Xorazmda kuchli ta'sir qiluvchi dorilarni shifokor retseptisiz sotayotgan apteka aniqlandi.'ning rasmi

    Jamiyat 18.01.2026 08:56