AsosiyJamiyat

Bugun ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi

30 dekabr O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladi gan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.

'Bugun ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘adi'ning rasmi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 30 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-5, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.     

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.   

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.     

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.   

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.    

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.   

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2024 22:56

    Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimi joriy etiladi

    Tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

    'Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev bir-birini bayram bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2024 22:08

    Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev bir-birini bayram bilan tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'Saida Mirziyoyeva falastinlik bolalarni yangi yil bilan tabrikladi'ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2024 20:51

    Saida Mirziyoyeva falastinlik bolalarni yangi yil bilan tabrikladi

    Shavkat Mirziyoyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2024 18:28

    ''ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2024 15:09

    'Afg‘onistonda ayollarga derazadan qarash taqiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 30.12.2024 14:29

    Afg‘onistonda ayollarga derazadan qarash taqiqlandi

    Afg‘onistonda ayollar ko‘rinmasligi uchun uy derazalarini loyihalash va qurishni tartibga keltiruvchi farmon qabul qilindi.