AsosiyJamiyat

“Zapravka”da videomurojaat qilgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Shoxobcha xodimi uning ustidan sudga shikoyat qilgan.

'“Zapravka”da videomurojaat qilgan shaxs 15 sutkaga qamaldi'ning rasmi

6 soatlik kutishlardan so‘ng navbati yetay deganda gaz to‘ldirish stansiyasi yopib qo‘yilganidan norozi bo‘lib, yirtilib ketgan poyabzalini ko‘rsatgan holda mas’ullarga o‘z noroziligini namoyish etgan fuqaroning videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

2024 yil 23 dekabr kuni Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Oltintopgan ko‘chasi, 2-uyda joylashgan "Morotrans" MCHJga qarashli gaz quyish shoxobchasida yuz bergan hodisadan so‘ng fuqaro G‘.Do‘stov 15 sutkaga qamalgani ma’lum bo‘ldi.

darakchi.uz o‘rgangan sud hujjatida fuqaro G‘.Do‘stov gaz quyish uchun navbatda turganida shoxobcha yopilganligi sababli jahl ustida shoxobcha xodimlarini turli so‘zlar bilan haqorat qilib, baqir-chaqir qilgani, hozirda qilgan ishidan pushaymonligi, kelgusida bunday holat boshqa takrorlanmasligini bayon qilib, suddan yengillik so‘ragani aytiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi raisi D.A.Dadaxanovaning 26 dekabrdagi qarori bilan G‘.Do‘stov MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan.

Unga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, G‘.Do‘stovdan Toshkent shahar IIBB Ma’muriy tartibda qamoqqa olingan shaxslarni saqlash maxsus qamoqxonasi foydasiga qamalganlarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun ma’muriy qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida, jami 843 ming 750 so‘m undirish belgilangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tanzila Norboyeva Parlament ayollari forumiga prezident etib saylandi'ning rasmi

    Jamiyat 05.04.2025 20:34

    Tanzila Norboyeva Parlament ayollari forumiga prezident etib saylandi

    Parlamentlararo ittifoqning 150 yillik yubiley assambleyasi doirasida o‘tkazilgan forumda dunyoning 200 dan ortiq parlament a’zolari, ayol-yetakchilar va ekspertlar ishtirok etdi.

    'Rossiyada qarovsiz qolgan 16 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 05.04.2025 19:29

    Rossiyada qarovsiz qolgan 16 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi

    Bolalarning kelgusi taqdiri haqida rasmiy ma’lumot berildi.

    'O‘zbekistonga Jahon banki 153 mln dollar ajratadi'ning rasmi

    Jamiyat 05.04.2025 16:02

    O‘zbekistonga Jahon banki 153 mln dollar ajratadi

    Millionlar sarflanayotgan ushbu loyiha va daraxtlarning ekilgandan keyingi taqdiriga qaysi tashkilot mas’ul? Ushbu savolga Aziz Abduhakimov aniq javob berdi.

    'O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Rossiyada qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 05.04.2025 15:26

    O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxs Rossiyada qo‘lga tushdi

    Mazkur shaxs hozirda O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinib, tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

    'Subsidiya va ssuda berish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 05.04.2025 14:21

    Subsidiya va ssuda berish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi

    Arizalar jismoniy shaxslardan test rejimida 3 ta yo‘nalishda qabul qilinadi.