AsosiyDunyo

Ukraina Xalqaro jinoiy sudning to‘laqonli a’zosiga aylandi

Mamlakat 1 yanvardan rasman Xalqaro jinoiy sudning 125-mamlakatiga aylandi.

'Ukraina Xalqaro jinoiy sudning to‘laqonli a’zosiga aylandi'ning rasmi

Ukraina 2025 yil 1 yanvarda rasman Xalqaro jinoiy sudning 125-mamlakatiga aylandi. Bu haqda XJS vakili Fadi al-Abdalla ma’lum qildi.

Mamlakat hozirda ushbu xalqaro shartnomaning to‘laqonli ishtirokchisi bo‘lib, ishtirokchi-davlatlarga yuklangan barcha huquq va majburiyatlarga ega. Ulardan eng muhimi budjetni tasdiqlashda, Rim statutiga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritishda, sudyalar, bo‘lajak prokuror va uning o‘rinbosarlarini tanlashda ovoz berish huquqidir, bu ma’lum darajada xalqaro jinoyat huquqining kelajagini shakllantirishga yordam beradi.

    Boshqa yangiliklar