Bugun Janubiy Koreya prokuraturasi va politsiyasi prezident Yun Sok Yolni hibsga olishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat OAVlari xabar tarqatdi.
Buning uchun uch mingga yaqin politsiyachi jalb qilingan. Shuningdek, Seuldagi prezident saroyi oldida Yun Sok Yolning tarafdorlari yig‘ilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, qarorgoh yonida prezidentni himoya qilish va impichmentni bekor qilishga chaqiruvchi 1 ming 200 nafar Yun tarafdorlari to‘plangan. Ularning ba’zilari allaqachon politsiya bilan to‘qnashuvga kirishgan ham.
Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya tarixida ilk bor prezident hibsga olinmoqda.