AsosiyDunyo

Los-Anjelesdagi o‘rmon yong‘inlari tobora avj olmoqda, qurbonlar bor

Kamala Harrisning qarorgohi ham evakuatsiya zonasiga kiritilgan, Bayden Favqulodda holat deklaratsiyasini tasdiqladi.

'Los-Anjelesdagi o‘rmon yong‘inlari tobora avj olmoqda, qurbonlar bor'ning rasmi

Kaliforniya shtatining janubida o‘rmon yong‘inlari sabab minglab binolar yonib ketdi, 120 ming uy va korxona elektr ta’minotisiz qoldi. 

Kuchli shamollari tufayli aviatsiya yong‘inni o‘chirishda ishtirok eta olmayapti. Shuningdek, Kamala Harrisning qarorgohi ham evakuatsiya zonasiga kiritilgani xabar qilinmoqda. 

Los-Anjelesda kamida ikki kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohatlandi.

Prezident Bayden Los-Anjelesda kuchli yong‘inlarga qarshi choralarni qo‘llab-quvvatlash uchun Favqulodda holat deklaratsiyasini tasdiqladi

Deklaratsiyada federal yordam mablag‘lari haqida gap borgan. Bu mablag‘lar davlat va mahalliy hukumatga favqulodda vaziyatlarda zarur xarajatlarni qoplashga yordam beradi. Shuningdek, hujjatda jabrlangan fuqarolar uchun individual yordam dasturlari mavjud bo‘lib, ular vaqtincha turarjoy va vayron bo‘lgan mulk uchun moliyaviy yordamni o‘z ichiga oladi.

    Boshqa yangiliklar