AsosiyJamiyat

Rahbarlarning korrupsiyaga moyilligini tekshirish taklif etilmoqda

Mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlar uchun zaxirada turganlarga ham tatbiq etilishi nazarda tutilmoqda.

'Rahbarlarning korrupsiyaga moyilligini tekshirish taklif etilmoqda'ning rasmi

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholash orqali amalga oshiriladi.

“Bu – davlat xizmatiga adashib yoki noqonuniy boylik orttirish maqsadida kirib kelganlarni aniqlash, shuningdek, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish imkonini beradi”, – deydi agentlik direktori.

Avvalroq Guliston shahar hokimining sobiq o‘rinbosari xitoylik investorlarni chuv tushirgani uchun 9 yilga qamalgani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar