AsosiyJamiyat

O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiqot qilinadi

Ushbu maqsadlar uchun Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligi tomonidan O‘zbekistonga 2 mlrd so‘mlik grant mablag‘i ajratildi.

'O‘zbekiston aholisining raqamli savodxonlik darajasi tadqiqot qilinadi'ning rasmi

Loyihaning dastlabki bosqichida aholining raqamli ko‘nikmalari holati tahlil qilinadi, bozor ehtiyojlariga mos yangi kasblar aniqlanadi va IT ta’lim resurslarini birlashtiruvchi platforma ishlab chiqiladi.

Bu haqda Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi - Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi hamda IT ta’lim Uyushmasi o‘rtasida “O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini rivojlantirish inklyuziv o‘sish uchun manfaatdor tomonlarni bog‘lash” loyihasi doirasida kelishuv shartnomasi imzolandi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Shveysariya hamkorlik va taraqqiyot agentligining O‘zbekistondagi vakili Andrin Fink O‘zbekistonda IT ta’limni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Mazkur loyiha doirasida yoshlarning IT savodxonligini oshirish, malaka oshirish imkoniyatlarini taqdim etish, shuningdek, qishloqlarda yashovchi yoshlar va ayollarni ish bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Loyiha keng qamrovli tadqiqotlar hamda moslashtirilgan ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va rivojlanayotgan soha talablarini qondirish uchun mutaxassislar uchun malaka oshirishni o‘z ichiga oladi.

Tadqiqotga asoslangan ushbu yondashuv keyingi bosqichlar haqida ma’lumot berib, moslashtirilgan va ta’sirli aralashuvlarni ta’minlaydi. Ushbu maqsadlar uchun Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan IT ta’lim Uyushmasi nodavlat notijorat tashkilotiga qariyb 2 mlrd so‘m (149 655 AQSH dollari) Grant mablag‘lari ajratildi.

Loyiha doirasida hududlarda IT savodxonligi va ko‘nikmalari bo‘shliqlarini tahlil qilish, bunda maqsadli auditoriya sifatida yoshlar, qishloq aholisi, ayollar va qizlar, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar qamrab olinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:17

    'Samarqandda 2 o‘quvchi hovuzda cho‘kib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:43

    Samarqandda 2 o‘quvchi hovuzda cho‘kib ketdi

    13 yoshli qizlar tomchilatib sug‘orish uchun mo‘ljallangan hovuzda cho‘kib vafot etgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:38

    'Toshkent havosi “sariq” zonada'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:59

    Toshkent havosi “sariq” zonada

    Bu ko‘rsatkich havoda ifloslanishning mo‘tadil darajada ekanini anglatadi.

    'Namanganda “Nexia-3” yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:34

    Namanganda “Nexia-3” yonib ketdi

    Hodisa ortidan avtomashina boshqaruvida bo‘lgan 19 yoshli fuqaro halok bo‘lgan.

    '"Chimyon“ tog‘ida yo‘ldan adashgan sayohatchi qutqarildi'ning rasmi

    Jamiyat 26.05.2025 19:12

    "Chimyon“ tog‘ida yo‘ldan adashgan sayohatchi qutqarildi

    Dengiz sathidan taxminan 2000 metr balandlikka ko‘tarilgan sayohatchi adashib, tog‘dan tusholmay qolgan.