AsosiyDunyo

Rossiyalik o‘smirlar tomonidan "Samarqand" kafesi yoqib yuborildi

Yong‘in yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan rasmiy izoh berilmagan. Shuningdek, hodisadan jabrlanganlar bor-yo‘qligi noma’lum.

'Rossiyalik o‘smirlar tomonidan "Samarqand" kafesi yoqib yuborildi'ning rasmi

Rossiyada ikki o‘smir yo‘l chetidagi "Halol" va "Samarqand" kafelariga o‘t qo‘ydi. Ular o‘z harakatlarini videoga olishgan. 

 Ta’kidlanishicha, yong‘in binolarni deyarli butunlay vayron qilgan.

Ular kafelarning oynalarini sindirib, xonaga “Molotov kokteyli” uloqtirishgan. Ikkala ovqatlanish joyi ham Kunsevo qishlog‘iga kiraverishda joylashgan.

Qayd etilishicha, rossiyadiklar uzoq vaqtdan beri mahalliy jamoat joylarida noqonuniy oziq-ovqat savdo nuqtalari mavjudligidan shikoyat qilib keladi. Yong‘in tasvirlari 7 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan.  Biroq huquq-tartibot idoralari vakillaridan voqea yuzasidan rasmiy izoh berilmagan. Egalariga yetkazilgan zarar miqdori haqida ma’lumot berilmagan. Shuningdek, hodisada jabrlanganlar bor-yo‘qligi noma’lum.

    Boshqa yangiliklar