“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymar “Oltin to`p” mukofoti uning asosiy maqsadi emasligini va uning uchun kuyib-pishmasligini aytdi.
“Barselona”da baxtiyorman va bu erdagi hayotimdan mamnunman. “Oltin to`p” mukofotini yutishni maqsad qilganman, ammo uni deb kuyib-pishmayman. Shunchaki baxtli inson bo`lishni istayman. “Oltin to`p”ni yuta olmasam, menuchun fojia bo`lmaydi.
Ushbu sovrin uzoq yillik mehnat natijasi uchun beriladi. Afsuski, “Oltin to`p” bitta, dunyodagi eng yaxshi futbolchi esa Messi. U bilan bir jamoada o`ynaganimdan farxlanaman”, – deydi Neymar.