AsosiyDunyo
12008

Dunyoning eng keksa Siam egazaklari Ronni va Donnining boshqalarni ilhomlantiruvchi hayoti

Ronni va Donni Gelionlar 1951 yilda dunyoga kelgan, deb xabar beradi “Marketium.ru” nashri. 

O`shanda vrachlar egizaklarning bir sutkadan ortiq yashamasligini bashorat qilishgandi. Ammo ular tibbiyot xodimlarining bashoratini chippakka chiqarib, yaqinda 64 yoshga to`lganliklarini nishonladi. Ular dunyo tarixida eng uzoq umr ko`rgan Siam egizaklari hisoblanadi.

Ularning tanasi ikkita bo`lishiga qaramay, qorin sohasi bittadir. Egizaklarning hayoti turli ziddiyatlarga va kelishuvlarga to`la. Ular jismoniy kamchiliklariga qaramay, har qanday sharotida ham bir-birini tushunishga, qo`llab-quvvatlashga  harakat qiladi.

Siam egizaklarining ukasi Jim akalari haqida shunday dedi: “Ularning tanasi bitta bo`lsa ham, har biri o`z shaxsiy fikriga ega bo`lgan alohida shaxslardir”.

Kundalik hayotda biz uchun oddiy bo`lgan narsalar, aka-ukalar uchun ulkan muammolarni tug`diradi. Masalan, tana tuzilishi boshqalarnikidan farq qilganligi tufayli ular oddiy karavotlarda uxlay olmaydi.  Shuning uchun egizaklarning ehtiyojlari hisobga olinib, maxsus karavot yasalgan. Bu karavotning dizayni Ronni va Donnining bemalol, qulay sharoitda dam olishiga izn beradi.

Egizaklar futbol tomosha qilishni yoqtiradi, ammo futbol matchlari uylaridan ming kilometr uzoqlikda bo`lib o`tishi, masofa jihatdan ularga noqulaylik tug`diradi.

Boshqa yangiliklar