AsosiySport

Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun bir qator nomzodlar o‘rganib chiqilgan va tahlil qilingan.

'Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi'ning rasmi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun bir qator nomzodlarni o‘rganib chiqilgan va tahlil qilingan. 

Mahalliy va xorijlik tajribali mutaxassislar bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Shu bilan birga, murabbiylar kengashi tomonidan taqdim etilgan tavsiyalar ham batafsil ko‘rib chiqildi.

Jahon chempionati saralashining hal qiluvchi o‘yinlariga oz vaqt qolganini hisobga olib, jamoa va futbolchilar bilan yaqindan tanish bo‘lgan, uzoq yillar davomida milliy terma jamoa safida to‘p surgan hamda bosh murabbiy va yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan tarixiy natijaga erishgan Timur Kapadze nomzodi ilgari surilgan.

"Hozirgi yuzaga kelgan holatda O‘FA aynan Kapadzening murabbiylik iste’dodi, mas’uliyati, jamoa a’zolari orasida mavqei, qolaversa doimo yuqori maqsad sari intilish kabi jihatlari orqali muhim uchrashuarda ijobiy natija ko‘rsatishiga ishonadi. 

Ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarda yig‘in o‘tkazmoqda. Timur Kapadze ushbu yig‘inga qo‘shilib, jamoa boshqaruvini qo‘lga oladi", - deyiladi O‘FA xabarida.

    Boshqa yangiliklar