Kolumbiya prezident Gustavo Petro kolumbiyalik muhojirlarni AQSHdan qaytarish uchun o‘zining shaxsiy samolyotini ajratdi. Bu haqda Kolumbiya prezidenti devonining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar qilingan.
Ma’lum qilinishicha, prezident migratsiya inqirozini hal qilish uchun Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari hamjamiyatining (CЕLAC) yig‘ilishini ham chaqirgan. Navbatdan tashqari yig‘ilish 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Shuningdek, Gustavo Petro sanoat va savdo vaziriga AQSHdan import qilinadigan mahsulotlar uchun boj tariflarini 25 foizga oshirish haqida topshiriq bergan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH prezidentligiga Donald Tramp kelishi bilan mamlakatda katta deportatsiya amalga oshirilmoqda.