Raqobat qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasi 3 ta don korxonasiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu korxonalar yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida manipulyatsiya harakatlarini (grafiklarni bajarmaslik va kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘ymaslik) sodir etganlik holatlari aniqlandi.
Jumladan:
- "Qo‘rg‘ontepa don maxsulotlari" AJ — 724,2 tn bug‘doy uni va omuxta yem mahsuloti;
- "Asaka don mahsulotlari" AJ — 1394,0 tn bug‘doy uni va omuxta yem mahsuloti;
- "Andijondonmahsulot" AJ — 509,2 tn bug‘doy uni mahsuloti.
Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarma maxsus komissiyasi tomonidan "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida don korxonalariga nisbatan qonun buzilish alomatlari bmlan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan moliyaviy jarima qo‘llash xaqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi, deyiladi qo‘mita axborotida.