AsosiyJamiyat

Andijonda ota bufetdan so‘roqsiz yegulik olib yegan qizini kaltaklab o‘ldirdi

Fuqaro 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

'Andijonda ota bufetdan so‘roqsiz yegulik olib yegan qizini kaltaklab o‘ldirdi'ning rasmi

Andijon viloyatida ota bufetdan so‘roqsiz yegulik olib yegan qizini kaltaklab o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat 2024 yilning oktyabr oyida viloyatning Marhamat tumanida sodir bo‘lgan.  Qiz 6 sinf o‘quvchisi bo‘lgan. U maktab bufetidan so‘roqsiz yegulik olib yegan. Bir necha marotaba bu holat takrorlanganiga maktab o‘qituvchisi qizning ustidan otasiga shikoyat qilgan. Otaning bundan jahli chiqib, qizini qora rezina kamar bilan do‘pposlagan. Oqibatda qiz olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Holat yuzasidan sud ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi ota Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi "d" bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar