Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan video tarqaldi. Unda bir nechta noma’lum shaxslar tomonidan Cobalt avtomobilida bir qizning o‘g‘irlanishi qayd etilgan.
Poytaxt IIBB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchining shaxsi aniqlangan. U 2004 yilda tug‘ilgan I. qiz. Ayni paytda u bilan psixologlar va ichki ishlar organlari xodimlari ishlamoqda.
O‘g‘rilikni uyushtirgan yigitning shaxsi ham aniqlandi. U o‘z tanishlari bilan til biriktirgan, 1994 yilda tug‘ilgan A. ismli yigit bo‘lib chiqdi.
"Birinchi o‘g‘rilik uyim yaqinida sodir bo‘ldi. Videoda uchtasi ko‘rinib turibdi. Keyinroq menga tushuntirishlaricha, u kameraga tushishni istamagan. Menda haligacha bitmay kelayotgan kichik chandiqlar qolgan. Boshim lat yegani sababli tez-tez boshim og‘rib turibdi",- dedi qiz.
Mazkur holat yuzasidan JKning 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) va 138-moddasi (noqonuniy ravishda zo‘rlik ishlatib ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘g‘irlashda ishtirok etgan barcha shaxslar aniqlangan va qo‘lga olingan. Ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
"Mazkur holat Toshkent shahar IIBB boshlig‘i nazorati ostida. Tergov yakunlangach, qonuniy qaror qabul qilinadi," - deyiladi xabarda.