AsosiyJamiyat

Dorixonalarda giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi

Nizomga ko‘ra, ular dorixona mudiri, farmatsevt yoki uning assistenti tomonidan shifokorning maxsus pushti retsepti asosida beriladi.

'Dorixonalarda giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi'ning rasmi

27 yanvar kuni "Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi"gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Nizom litsenziya asosida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Dorixonalarda giyohvandlik vositalarini jismoniy shaxslarga dorixona mudiri, farmatsevt (provizor) yoki uning assistenti shifokor retsepti asosida beradi. Ular maxsus pushti retsept blanka asosida taqdim etiladi.

Davolash-profilaktika muassasalariga giyohvandlik vositalari uchun zarur bo‘lgan retsept blankalari Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi.

Bir dona retsept blankasida shifokor tomonidan faqat bitta nomdagi giyohvandlik vositasi miqdori yetti kunlik ehtiyojdan oshirilmagan holda yozilishi kerak.

Dorixonaning giyohvandlik vositalari saqlanadigan xonada giyohvandlik vositalari bo‘yicha berilgan retseptlar besh yil davomida muhrlangan holda saqlanadi.

Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasida giyohvandlik vositalari zaxirasi bir oylik ehtiyojdan oshmasligi, bo‘limlarida esa uch kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    'Prezident sportdagі kamchіlіklarnі ochіq aіtdі: natіzha bor, tіzіm oqsayaptі'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:14

    Prezident sportdagі kamchіlіklarnі ochіq aіtdі: natіzha bor, tіzіm oqsayaptі

    Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektorda sport sohasidagi yutuqlar bilan birga jiddiy kamchiliklar ham tanqid qilindi.

    'Qo‘riqlash xodimlariga yangi vakolatlar beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:53

    Qo‘riqlash xodimlariga yangi vakolatlar beriladi

    Endilikda ular chekish, noqonuniy ov va daraxt kesish holatlari bo‘yicha chora ko‘rishi mumkin.

    'Mirziyoyev Matviyenkoni tabriklab, hamkorlikni muhokama qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:17

    Mirziyoyev Matviyenkoni tabriklab, hamkorlikni muhokama qildi

    Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matvienko bilan telefon orqali muloqot qildi.

    'Toshkentda bir kunda ikki avtobus yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:09

    Toshkentda bir kunda ikki avtobus yonib ketdi

    Toshkent shahrida 6 aprel kuni ikkita Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi.

    'Denovda gaz shoxobchasida portlash yuz berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:51

    Denovda gaz shoxobchasida portlash yuz berdi

    Hodisa joyida yong‘in qisqa vaqt ichida o‘rab olindi.