AsosiyJamiyat

Toshkent metropoliteni 2024 yilda rekord miqdordagi yo‘lovchini tashidi

Ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 57 foizga ko‘p.

'Toshkent metropoliteni 2024 yilda rekord miqdordagi yo‘lovchini tashidi'ning rasmi

2024 yilda Toshkent metropoliteni 270,3 million yo‘lovchini tashigan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 98,3 millionga (yoki 57,2 foizga) ko‘p bo‘lib, shahar transport tizimining jadal rivojlanayotganini hamda poytaxt aholisi va mehmonlari orasida metropolitenning tobora ommalashib borayotganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

So‘nggi yillarda yo‘lovchilar oqimining o‘zgarishi:

2020 yil – 38,8 mln

 2021 yil – 101,8 mln

 2022 yil – 136,7 mln
 2023 yil – 172,0 mln

 2024 yil – 270,3 mln

Yo‘lovchilar oqimining keskin o‘sishi – metropolitenni rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasi hisoblanadi, jumladan:

Yangi bekatlarni ishga tushirish va metro tarmog‘ini kengaytirish

Xizmat ko‘rsatish sifati va sayohat qulayligini oshirish

Liniyalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish

Harakatlanish chastotasi va harakatdagi tarkiblar sonini ko‘paytirish


    Boshqa yangiliklar