AsosiyJamiyat

Toshkentda yana bir litsenziyasi yo‘q turkompaniya odamlarni “Umra”ga yuborayotgani aniqlandi

MCHJ katta miqdorda jarimaga tortildi.

'Toshkentda yana bir litsenziyasi yo‘q turkompaniya odamlarni “Umra”ga yuborayotgani aniqlandi'ning rasmi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra Toshkent shahrida joylashgan “AIRFAZO" MCHJ ga nisbatan litsenziyasiz “Umra” tadbirini tashkil etgani uchun jarima qo‘llanildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati xabar qildi. 

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln. so‘m) etib belgilangan.

"Ogoh bo‘ling! “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarini litsenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subektlari tomonidan ko‘rsatish taqiqlangan", - deyiladi xabarda.  

    Boshqa yangiliklar