AsosiyJamiyat

Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida bosh mutaxassislar qo‘lga tushdi

Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi va Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yozyovon tumani bo‘limi bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga olingan.

'Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida bosh mutaxassislar qo‘lga tushdi'ning rasmi

DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Xorazm viloyatining Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaroning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan va Urganch shahrida aholiga transport xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJga qarashli 960 metr kvadrat bo‘sh yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga o‘tkazib, u yerda ko‘p qavatli turar-joy qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 135 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 80 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yozyovon tumani bo‘limi bosh mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalanib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchi korxonaning reyting ballarini ko‘tarish hamda tenderga taqdim qilish maqsadida, haqiqatda mavjud bo‘lmagan qurilish texnikalarining texnik pasporti va yorliqlarini tayyorlab berish evaziga 8700 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsata olmagan korxona bilan tuzilgan bitim bekor qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Chiqindilarni olib ketish xizmatini ko‘rsata olmagan korxona bilan tuzilgan bitim bekor qilindi

    Chiqindi xizmatlari bo‘yicha shikoyat bo‘lganda murojaat qilish so‘ralmoqda.

    'O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:40

    'Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:11

    'O‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkoni yaratiladi'ning rasmi

    Jamiyat 04.02.2025 22:38

    O‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash imkoni yaratiladi

    Yaqin kunlarda O‘zbekistonda o‘z-o‘ziga kredit olishni taqiqlash bo‘yicha yangi qonun kuchga kirishi kutilmoqda.

    '"Samarqand noni" davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi'ning rasmi

    Jamiyat 04.02.2025 21:18

    "Samarqand noni" davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

    Bugun Adliya vaziri Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchiga "Samarqand noni" geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirdi.