AsosiySport

Yanina Kuskova Osiyo chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionati-2025 doirasidagi uchinchi medalni qo‘lga kiritdi.

'Yanina Kuskova Osiyo chempioni bo‘ldi'ning rasmi

Tailandning Pxitsanulok provinsiyasida o‘tkazilayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida ayollar o‘rtasidagi individual vaqt poygasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda sport vazirligi xabar qildi. 

Unda O‘zbekiston sharafini milliy terma jamoa a’zosi, tajribali Yanina Kuskova himoya qildi.

Quvonchlisi, hamyurtimiz mazkur dasturda eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalga ega chiqdi.

Yanina Kuskova — 42:50.566 (O‘zbekiston)

Safiya Al Sayeh — 43:50.463 (BAA)

Tsuyaka Uchino — 44:03.610 (Yaponiya).

Bu terma jamoalarimizning Osiyo chempionati-2025 doirasidagi uchinchi medaliga aylandi.

O‘zbekiston velosport terma jamoasi ayni damda medallar jamg‘arish reytingida 1- o‘rinni egallab turibdi.

    Boshqa yangiliklar