Turkiyaning Anqara shahrida qalbaki spirtli ichimlikdan vafot etganlar soni 5 kishining o‘limidan so‘ng 38 nafarga yetdi. Shuningdek, 32 kishi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Turkiyaning Sabah gazetasi zishicha, Anqara Bosh prokuraturasi tomonidan kontrabanda va ehtimoliy qasddan o‘limga sabab bo‘lish jinoyatlari bo‘yicha 104 ta jinoyat ishi ochilgan va 19 nafar gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olingan, 34 nafar gumonlanuvchi esa sud nazorati ostida qo‘yib yuborilgan.
Hibsga olinganlardan biri Y.K.K., "Men buni spirtli ichimliklar iste’mol qilish uchun qildim. Etil spirtini internetdan olaman”, deya ko‘rsatma bergan.
Sh.D. U. Esa 2 yil oldin noqonuniy spirtli ichimliklar ishlab chiqarganini va materiallarni internet orqali sotib olganini aytgan. Boshqa tomondan, Istanbulning Zeytinburnu shahrida soxta spirtli ichimliklar sotilgan ikki manzilga reyd uyushtirildi. Reyd davomida R.Ye. va S.S. ismli ikki nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan, 80 litr qalbaki spirtli ichimlik va uni ishlab chiqarishda foydalanilgan materiallar olib qo‘yilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Turkiyada qalbaki alkogol mahsulot iste’mol qilish natijasida halok bo‘lganlar soni 104 kishiga yetdi. Vafot etganlarning aksariyatini Turkiya va O‘zbekiston fuqarolari tashkil etadi. Bu holatlar yuzasidan Turkiya politsiyasi uyushtirgan keng ko‘lamli reydlar jarayonida 34 kishini hisbga olingan, 44 kishi esa tergovga tortilgan.
Abdulloh Sayyid